«VOSTOK» DUK
Предприятие является не только производителем широкой номенклатуры патронов, но и изготовителем и поставщиком технологического оборудования роторного типа, а также инструментария и технологической остнастки, необходимой для производства патронов.


“Vostok” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasini tashkil etishda O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashining 1971 yil 15 apreldagi 154-sonli farmoni asos bo‘lgan deb xisoblanadi. Yuqoridagi farmon asosida “O‘zboshmexanizasiya” birlashmasi tuzilgan.

Ushbu birlashma korxona va tashkilotlarni mexanizasiyalash va og‘ir mehnatni avtomatlashtirish, modullimashinalar va standartlashtirilmagan uskunalar bilan jihozlash uchun xizmat ko‘rsatgan.

Sobiq sovet ittifoqi Vazirlar kengashining 1978 yildagi farmoyishiga muvofiq “O‘zboshmexanizasiya” birlashmasi Mudofaa sanoati vazirligiga bo‘ysindirilgan va “Vostok” davlat ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi deb qaytanomlangan.

1998 yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Vostok” davlat ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi negizida maxsus mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida farmon qabul qilingan.

2001-2003 yillarda “Vostok” Davlat IIChB fransiyaning “CNPE Ingineering Defans” kompaniyasi tomonidan keltirilgan dastgohlar va uskunalar bilan qayta jihozlanib, modernizasiya qilingan.

Korxona 2003 yil sentyabrda ishga tushirilgan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysindirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yildagi farmoniga muvofiq korxona O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Sanoati bo‘yicha Davlat qo‘mitasi tarkibiga kiritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Sanoati bo‘yicha Davlat qo‘mitasi huzuridagi “Vostok” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Davlat unitar korxonasi turli xildagi jangovar va paxtavon o‘q-dorilarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan.

O‘q-dorilarni ishlab chiqarishuchun “Vostok” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati Davlat qo‘mitasi tomonidan 2018 yil 2 iyuldaberilgan 1-sonli GK 00001 lisenziyaga ega.

Maxsulotlarni avtomatlashtirilgan uchta liniyada ishlab chiqarilishi ta'minlangan.

Korxonada ISO 9001:2015 (№ QMS-4480-2019) xalqaro standarti talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimi joriy etilgan.

Mahsus maxsulotlar ishlab chiqarishning boshidan to oxirgi bosqichigacha turli xil sinovlardan o‘tadi.

Korxonada Yevropa sifat standart talablariga javob beradigan, akkreditasiyalangan ballistika laboratoriyasi mavjud. Ballistika laboratoriyasi so‘ngi o‘lchov asboblari bilan to‘liq jihozlangan.

Barcha mahsulotlar yuqori sifatli hom ashyo va butlovchi qismlardan tayyorlanadi.

Hozirda korxonada tajribali mutaxassislar, yuqori malakali ishchilar mehnat qiladi. Xodimlarning 40% ortiq qismi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tashkil qiladi.

Korxona xodimlarining mahorat darajasi va ishlab chiqarish texnologiyasi o‘q-dorilarni yuqori sifatini ta'minlaydi.

Manzil: Toshkent sh., Bunyodkor ko'chasi 128 uy.

Telefon: +998 71 279-14-89