O'zbekiston Respublikasi mudofaa sanoati bo'yicha davlat qo'mitasi strategiyasi
  

O'zbekiston Respublikasi mudofaa sanoati bo'yicha davlat qo'mitasi faoliyati dunyoning turli mintaqalarida Oʼzbekistonning harbiy-siyosiy pozitsiyasini mustahkamlashga, harbiy mahsulotlarni eksport qiluvchi davlat oʼrtasida erishgan yutuq va pozitsiyalarini mustahkamlash hamda saqlashga qaratilgan.

O'zbekiston Respublikasi mudofaa sanoati bo'yicha davlat qo'mitasi global qurol bozorining rivojlanish tendentsiyalarini kuzatib boradi va uning jugʼrofiyasini kengaytirish, harbiy va ikki maqsadga moʼljallangan mahsulotlarni eksport qilish turlari va hajmlarini oshirish maqsadida maqsadli marketing faoliyatini amalga oshiradi.

Qurol-aslaha bozorini har tomonlama tahlil qilish, chet ellik sheriklarning ehtiyojlarini baholash asosida mahsulotlarni muayyan mamlakatlarga targʼib qilish boʼyicha bir qator maqsadli dasturlar va loyihalar shakllantirish va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishni rejalashtirib boradi.

Xorijiy mijozlarga moslashuvchan moliyaviy sxemalar taklif etiladi. O'zbekiston Respublikasi mudofaa sanoati bo'yicha davlat qo'mitasi ularga sotishdan keyingi yuqori sifatli xizmat koʼrsatishni, modernizatsiya qilish uchun keng imkoniyatlarni, shuningdek 24/7 formatida har qanday texnik va huquqiy maslahatlarni berishga tayyor ekanliklarini ifoda etadi.

Chet ellik xaridorlarga quruqlik, havo va dengiz sarhadlari uchun milliy mudofaa tizimlarini yaratish boʼyicha samaradorlik va narxning maqbul kombinatsiyasini taʼminlaydigan kompleks yechimlar taklif etiladi.

Ushbu qarorlar mahsulot yetkazib berishni, harbiy maqsadga moʼjallangan xizmatlarni koʼrsatishni, buyurtmachi mamlakatda litsenziyalangan ishlab chiqarishni tashkil qilishni, harbiy-texnik infratuzilma obyektlarini, uskunalarni ishlab chiqarish va ularga xizmat koʼrsatadigan qoʼshma korxonalarni tashkil etishni, shuningdek, qoʼshma ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini oʼz ichiga olishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi mudofaa sanoati bo'yicha davlat qo'mitasi oʼzaro foydali ofset dasturlarini taklif qiladi va amalga oshiradi.

Qoʼmita katta va kichik shartnomalarga teng eʼtibor beradi.