QR ko'd:
Ijtimoiy tarmoqlar ulashish
Ishchi xodimlаr vа tаshrif buyuruvchilаrni dezinfektsiyalаsh «MS-C-2-2020» intellektuаl kаbinаsi
28.08.2020y.

I. Vazifalari

Kabina u orqali oʼtuvchi korxona/tashkilot xodimlari va tashrif buyuruvchilarni kiyimlarini, nafas olish organlarini va tananing ochiq joylarini virusga qarshi dezinfektsiya qilish uchun moʼljallangan.

Kabina bino ichiga oʼrnatiladi va atrof-muhit harorati +5° dan + 40 C° gacha boʼlganda ishonchli ishlaydi.

Xodimlarni identifikatsiya qilish, harorat holatini aniqlash, koʼtarilgan tana harorati haqida ovozli xabar berish, xodimlar harakatlari toʼgʼrisida maʼlumot saqlash, statistik hisobotlarni taqdim etish va boshqa funktsiyalari mavjud.

Qoʼshimcha ravishda (buyurtma asosida) metalldetektor (skaner) tizimi oʼrnatish imkoni mavjud.

Tizim nafas olish yullarida, ogʼizda, teri va kiyimning yuzasidagi mavjud viruslarni zararlantirish uchun dezinfektsiyali kontsentrat* aerozol (eritma)ni uzatish orqali bir guruh insonlarni tezkor ravishda nazoratdan oʼtkazish imkoniyatiga ega.

* - Oʼzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan maʼqullangan.


Texnik xususiyatlari: