QR ko'd:
Ijtimoiy tarmoqlar ulashish
Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi korxonasi o‘z faoliyatini kengaytirmoqda
10.08.2020y.

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasining “EKO-Kasper” masʼuliyati cheklangan jamiyati hozirgi karantin sharoitida ishlab chiqarishni qayta ixtisoslashtirmoqda.

Endi bu yerda ikki maqsadga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarilmoqda.

Qurolli Kuchlar hamda Radiatsiya, kimyo va biologik muhofaza qo‘shinlari uchun mo‘ljallangan nafas olish yo‘llarini himoya qilish vositalari hisoblangan gazli niqoblar, dushmanning ommaviy qirg‘in qurollaridan terini himoyalovchi vositalari va yengil himoya kostyumlarini tayyorlash bilan bir qatorda keng aholi qatlami uchun uch qatlamli tibbiy niqoblar va himoya vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Mavjud pandemiya sharoitda inson uchun hayotiy muhim bo‘lgan vositalar tanqisligini yuzaga kelishiga qarshi kurashishda mudofaa sanoati tizimining bu tashabbusi muhim ahamiyatga ega.

Shoshilinch ehtiyoj hamda zamonaviy talab tufayli jamiyat bu kabi ishlab chiqarish yo‘nalishini kengaytirishga qaror qildi. Jamoa karantin davridagi belgilangan qoida talablariga asosan va buyurtmalar qabul qilish to‘g‘risidagi tartibiga muvofiq ishlamoqda.

Hozirda ishlab chiqarishga asosan yoshlar jalb qilingan.

Yana bir muhim jihat.

Nogironligi bor yoki imkoniyati cheklangan insonlar ham jamiyatning alohida ishlab chiqarish joylarida o‘z qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishlari mumkin bo‘lmoqda.

Ular uchun bu hozirgi vaziyatda daromad topish yo‘lidagi yaxshi imkoniyatdir.

Xorijdan keltiriladigan zamonaviy ko‘p funksiyali uskuna ishlab chiqarish hajmi va turiga qarab zarur miqdordagi mahsulot va uning butlovchi qismlarni ishlab chiqarishga qodir.

Davlat mudofaasi buyurtmasini bajarish barobarida, bu yerda ikki maqsadda foydalanish uchun gaz niqoblarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

Kompaniya mahsulotlari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya bo‘linmalarida harbiy sinovlardan o‘tkazildi.

Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi matbuot xizmati.