QR ko'd:
Ijtimoiy tarmoqlar ulashish
Davlat mudofaa sanoati bo'yicha qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosariga navbatdagi harbiy unvon berildi
12.07.2020y.


Qurolli Kuchlarini qurol-yarogʼ, harbiy va maxsus texnikaning modernizatsiya qilingan hamda istiqbolli namunalariga, shuningdek, boshqa harbiy-texnikaviy mol-mulkka boʼlgan talab-ehtiyojlarini qanoatlantirish, mudofaa sanoati kompleksi korxonalarini bosqichma-bosqich rivojlantirib borish hamda iqtisodiyotning harbiy sektoridagi mehnat faoliyati jozibadorligini oshirish yoʼnalishida olib borayotgan ishlari hamda tashabbuskor harakatlari uchun Mudofaa sanoati boʼyicha davlat qoʼmitasi raisining birinchi oʼrinbosari – MUDOFAA SANOATI kompleksi korxonalarini rivojlantirish departamenti direktori JAMOL LAYKUVVATOVICH TURSUNOVga 2020 yil 9 iyuldagi shaxsiy tarkib boʼyicha buyruq bilan navbatdagi “POLKOVNIK” harbiy unvoni berildi.