Press-markaz kontaktlari

Urinbayev Alisher - Mudofaa sanoati boʼyicha Davlat qoʼmitasining matbuot kotibi.

Matbuot xizmati Davlat mudofaa sanoati qoʼmitasi faoliyatini axborot-reklama bilan taʼminlashni tashkil etish uchun masʼul hisoblanadi.

Matbuot xizmati ommaviy axborot vositalarida Qoʼmita raisi nomidan, uning nomidan rasmiy bayonotlar va xabarlar bilan chiqish huquqiga ega boʼladi.

Quyidagilar Matbuot xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xoʼjalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni taʼminlash;

keng jamoatchilikni qoʼmita va mudofaa sanoati kompleksi korxonalarining faoliyati, ularning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari toʼgʼrisida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;

ommaviy axborot vositalari bilan oʼzaro hamkorlik qilish, Qoʼmita bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish;

qoʼmitaning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va oʼz vaqtida yangilab borish, Internet tarmogʼidagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;

axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi boʼyicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, OАV, shu jumladan, internet tarmogʼida materiallar tarqatish boʼyicha kompleks ishlarni tashkil etish;

qoʼmita ijro apparati va mudofaa sanoati kompleksi korxonalari bilan birgalikda milliy va xorijiy OАVda tarqatish uchun xabar, axborot-maʼlumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

qoʼmita va mudofaa sanoati kompleksi korxonalari faoliyatini xorijiy OАVda sifatli yoritish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonlarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning Oʼzbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (foto, audio va videomateriallar, bosma mahsulotlar va shu kabilar) bilan taʼminlash;

E-mail: info@oboronprom.uz