QR код:
Поделиться в социальных сетях
Скачать
PDF formatida yuklab olish

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan Qurolli quchlar qo‘shinlarining ilovada ko‘rsatilgan muomiladan chiqarilgan harbiy texnikalari sotuvga qo‘yilmoqda. Sotuvga qo‘yilgan mulkning sohibi - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi. Mahsulotning texnik holati - kapital taʼmir talab qiladi. Yetkazib berish sharti - FCA-mahsulotning joylashgan punkti. Yetkazib berish muddati - 100% bo‘nak to‘lovi amalga oshirilgan kundan boshlab 30 kun ichida. To‘lov sharti - 100% bo‘nak to‘lovi. Mazkur mulkni xarid qilishga qiziqish bildirgan yuridik shaxslarga Qo‘mita manziliga qiziqishi bor nomlanishlar bo‘yicha rasmiy murojaat yuborilishi talab qilinadi (email: info.oboronprom.uz). Mahsulot bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlar qiziquvchi tomonidan kiritilgan murojaatga asosan taqdim qilinadi.