Maqolalar
  • «Mamlakatimizning yangi Mudofaa doktrinasi asosida Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy qurol-yarogʼ va texnikalar bilan taʼminlash, harbiy xizmatchilarning jismoniy va intellektual tayyorgarligini oshirish boʼyicha ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Harbiy qism va boʼlinmalarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, poligonlarda oʼquv mashgʼulotlari oʼtkazilmoqda.» - Sh.M.Mirziyoyev
  • «Har qanday tahdid va xatarlarga munosib zarba berishga tayyor milliy armiyamiz – xalqimiz, mamlakatimizning ishonchli va mustahkam qalqonidir. Shuning uchun biz hozirgi kunda harbiy kadrlarning jangovar qobiliyati va tayyorgarligi bilan birga vatanparvarlik tarbiyasiga jiddiy ahamiyat qaratyapmiz. Yaʼni, har bir askar va serjantda, ofitser va generalda, butun shaxsiy tarkibda milliy ruh va gʼurur kuchli boʼlishi kerak. Milliy ruh – bu yengilmas kuch. Milliy ruh kuchli boʼlsa, iroda, jangovar salohiyat ham yuqori boʼladi.» - Sh.M.Mirziyoyev
  • «Oʼz qasamyodiga sodiq, keng bilim va malakaga ega, aql-zakovatli, mard va azmu shijoatli harbiylar armiyaning qudratli kuchidir. Gʼalabani taʼminlaydigan ham, shaxsiy tarkibni tarbiyalaydigan va oʼz ortidan ergashtiradigan ham shular.» - Sh.M.Mirziyoyev
  • «General boʼlish har bir harbiy xizmatchining muqaddas orzusi. Lekin shuni doim yodda tutishimiz kerakki, harbiy xizmatda va davlat boshqaruvida bundan ham yuqori martaba, bundan ham oliy unvon bor. Bu – xalqimiz, Vatanimizning ishonchiga, oʼz muqaddas burchiga doimo sodiq va munosib boʼlishdir» - Sh.M.Mirziyoyev
Batafsil
faoliyat
Harbiy va ikki tomonlama mahsulot va xizmatlarning to'liq spektrini eksport/import qilish
strategiya
  • Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati boʼyicha davlat qoʼmitasining faoliyati dunyo miqyosidagi qurol-yarogʼ bozorida Oʼzbekistonning mavqeini mustahkamlashga, mamlakatning harbiy maqsadga moʼljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish boʼyicha jahon eksportyorlari orasida yetakchi mavqeini saqlab qolishga qaratilgan.
  • Oʼzbekiston Respublikasining Mudofaa sanoati boʼyicha davlat qoʼmitasi global qurol bozorining rivojlanish tendentsiyalarini kuzatib boradi va uning jugʼrofiyasini kengaytirish, harbiy va ikki maqsadda foydalanishga moʼljallangan mahsulotlarni eksport qilish turlari va hajmlarini oshirish maqsadida maqsadli marketing faoliyatini amalga oshiradi.
  • Qurol bozorini har tomonlama tahlil qilish, chet ellik sheriklarning ehtiyojlarini baholash asosida mahsulotlarni muayyan mamlakatlarga yetkazib berish boʼyicha bir qator maqsadli dasturlar va loyihalar shakllantirilgan boʼlib, qoʼmita tomonidan ular muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
  • O'zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati bo'yicha davlat qo'mitasi стремится действовать на рынке гибко и оперативно, используя современные и передовые методы маркетинга и финансовых расчетов с заказчиками.
  • Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati boʼyicha davlat qoʼmitasi marketing va moliyaviy hisob-kitoblarning zamonaviy va ilgʼor usullaridan foydalangan holda bozorda moslashuvchan va samarali harakat qilishga intiladi.
  • Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati boʼyicha davlat qoʼmitasi chet ellik xaridorlarning manfaatlarini hisobga olgan holda yirik shartnomalarga ham, kichik shartnomalarga ham katta eʼtibor qaratadi.
Batafsil